Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
U bunga qadar «O`zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori lavozimida ishlab kelgan edi.
Firdavs Abduxoliqov O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi kengashi raisi, Butunjahon O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi hisoblanadi