“Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o`tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (272-son, 04.05.2021 y) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish faoliyati uchun lisenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o`tkazish huquqi berildi.
Ilgari bu tartib Ichki ishlar vazirligi Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo`linmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi.
Ushbu tartib trolleybus va tramvay transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.






