AsosiyJamiyat

Namanganlik tergovchilardan qochib yurgan xavfli jinoyatchi Qozog`istondan ushlab kelindi

'Namanganlik tergovchilardan qochib yurgan xavfli jinoyatchi Qozog`istondan ushlab kelindi'ning rasmi

Joriy yilning 2 may kuni o`tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining  168-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan, Namangan shahrida yashagan, 1984 yilda tug`ilgan fuqaro viloyat IIB JQB tezkor vakili tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig`iga asosan Qozog`iston Respublikasi Karaganda shahridan ushlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Qozog`iston Respublikasi Bosh prokuraturasining rozilik xatiga ko`ra va Minsk konvensiyasiga asosan Almata shahridan etap qilinib, Namangan shahar IIO FMB VSXga joylashtirilgan.

Ma`lumot uchun: Jinoyat kodeksining 168-moddasi firibgarlik, ya`ni aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini yoki o`zganing mulkiga bo`lgan huquqni qo`lga kiritish bilan bog`liq.

Mazkur moddaning 3-qismi:

a) juda ko`p miqdorda;

b) o`ta xavfli residivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko`zlab sodir etilgan bo`lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining to`rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

    Boshqa yangiliklar