AsosiyJamiyat

Samarqandda mahallabay ishlash tizimi joriy etiladi

'Samarqandda mahallabay ishlash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

 “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 iyundan Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “mahallabay” ishlash tizimi eksperiment tariqasida o`tkaziladi.  

 Bunda:

  •  Mahallabay ishlash markazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
  •  tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlari biriktiriladi;
  •  mahalla fuqarolar yig`ini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Markazlar faoliyati Pastdarg`om, Urgut va Bulung`ur tumanlarida joriy yil 1 iyundan hamda viloyatning qolgan tuman (shahar)larida 1 avgustgacha tashkil etiladi.  

 Qarorga ko`ra, aholi va tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va hal etishda shaffoflikni ta`minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida Markaz va mahalla fuqarolar yig`ini faoliyatini o`zaro bog`liq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Onlayn mahalla” dasturiy ta`minoti ishlab chiqiladi.  

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan mazkur eksperimentni respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan. 

    Boshqa yangiliklar