AsosiyJamiyat

Asakalik 9 yoshli kizchani 16 joyidan pichoqlab o`ldirgani aytilgan 23 yoshli qo`shni ayol sudda oqlandi. Ma`lum qilinishicha, qotillikni...

'Asakalik 9 yoshli kizchani 16 joyidan pichoqlab o`ldirgani aytilgan 23 yoshli qo`shni ayol sudda oqlandi. Ma`lum qilinishicha, qotillikni...'ning rasmi

Bir yil avval, 2020 yilning 21 iyun kuni Andijon viloyati Asaka tumanida 2011 yilda tug`ilgan, 9 yoshli qizning jasadi topilgani haqida xabar qilgandik. Marhumaning o`limiga ko`krak-qorin sohasida kesuvchi-sanchuvchi jismlar orqali 16-17 marta tan jarohati etkazilgani sabab bo`lgani aniqlangandi.

Shundan so`ng, qizaloqning 23 yoshli ayol qo`shnisi qotil deb topigandi. U 9 yoshli Q.I.ni o`zining o`g`rilik jinoyatini yashirish maqsadida o`ta shafqatsizlik bilan, tanasining turli joylariga 16-17 marta pichoq urib o`ldirganlikda ayblangan edi.

Bugun, 6 may kuni holat yuzasidan yangi ma`lumotlar ochiqlandi. Xabar qilinishicha qotillikni sodir etgan shaxs qo`shni ayol ekani rad etilgan.

Mazkur ish Andijon viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atida ko`rib chiqilib, A.Hamdamovaga ilgari surilgan asosiy ayblovlar yuzasidan oqlov hukmi chiqarildi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma`lumot berdi.

Manbaga ko`ra, sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 29 iyundagi xulosasida, marhuma Q.I.ning o`limi 17 ta sanchilgan-kesilgan jarohatlar natijasida o`tkir ichki va tashqi qon ketishidan yuz bergani, unga o`limidan avval jinsiy zo`ravonlik ishlatilgani, jinsiy a`zolaridan spermatozoidlar aniqlangani ko`rsatilgan.

Shuningdek, sud-daktiloskopik eskpertizasining 2020 yil 26 iyundagi xulosasida, qotillik sodir etilgan xonada 4 nafar noma`lum shaxsga tegishli barmoq izlari topilgani, sudlanuvchi A.Hamdamovaga tegishli barmoq izlari qotillik sodir etilgan xonadondan umuman aniqlanmagani ko`rsatilgan.

Sudlanuvchi A.Hamdamova dastlabki tergov va sudda aybiga iqrorlik bildirmasdan, marhuma Q.I.ni qasddan o`ldirilishi va o`g`irlik jinoyatlarga aloqasi yo`qligini, marhumadan spermatozoidlar aniqlanganini, shu bois jinoyatni erkak kishi sodir qilgani aniq ekanini, nohaqdan ayblanayotganini ko`rsatib, dastlabki tergovda unga nisbatan ushlab turish majburlov chorasi qo`llanilib, U.Karimov, S.Jabborov va boshqa IIB xodimlari ruhiy va jismoniy tazyiqlar ostida so`roq qilishganini, qiynoqlarga chiday olmay Q.I.ni qasddan o`ldirganiga iqror bo`lishga majbur bo`lgani haqida ko`rsatma bergan.

Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining shu yil 5 maydagi hukmi bilan sudlanuvchi Asroraxon Hamdamova Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «v, j, i» bandlari, 164-moddasi 3-qismi «v, g» bandlari, 169-moddasi 2-qismi «b, g» bandlari bilan aybsiz deb topildi va oqlandi.

A.Hamdamova O`zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan aybli deb topilib, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, unga qo`llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilingan va sud zalida qamoqdan ozod etilgan.

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining 230-moddasi 2-qismiga ko`ra, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon bo`lgan shaxsni og`ir yoki o`ta og`ir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar