AsosiyJamiyat

Bodi kamerasi ishlamayotgan YPX xodimiga chora ko`rildimi? YHXB ma`lumot berdi

'Bodi kamerasi ishlamayotgan YPX xodimiga chora ko`rildimi? YHXB ma`lumot berdi'ning rasmi

25 aprel kuni soat 14:00larda, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Akbarov tomonidan Sergeli tumani hududida joylashgan "Turbanov" blok-postida tegishli me`yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida "Malibu" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan.

Video lavhada YPX xodimi tomonidan haydovchiga bodikamera moslamasining quvvati tugaganligi aytilgan va bu holatga haydovchi tomonidan e`tiroz bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotgan edi.

Tekshiruv natijalari haqida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Tekshiruv xulosasiga ko`ra, xizmati davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me`yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Akbarovga va uning bevosita raxbarlariga nisbatan intizomiy ta`sir choralari qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar