AsosiyJamiyat

#Ramazon-2021. Ramazon oyida tug`ilgan farzandlarga oyga xoslab ism qo`yish shartmi?

'#Ramazon-2021. Ramazon oyida tug`ilgan farzandlarga oyga xoslab ism qo`yish shartmi?'ning rasmi

Ramazon oyida tug`ilgan farzandlarga xoslab ism qo`yish shartmi? Masalan, Ro`zivoy yoki Ramazon singari ismlarni.

Ushbu savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati javob berdi:

- Bismillahir Rohmanir Rohim.

Shariatimizda Ramazonda tug`ilgan bolaga ro`zaga moslab ism qo`yish shartligi haqida ko`rsatma yo`q. Ba`zilarning: “Bola Ramazon oyida tug`ilsa, Ramazon, Ro`zi va Hayit ismini qo`yish kerak” degan va yana shunga o`xshash gaplari asossiz va dinimizga aloqasi yo`qdir. Musulmonchilik an`analariga ko`ra Alloh taologa bandalik ma`nosini ifodalovchi, payg`ambarlar, sahobalar, allomalar, solih kishilar va taqvoli onalarimizning ismlarni qo`yish maqsadga muvofiqdir. Vallohu a`lam.

    Boshqa yangiliklar