AsosiyJamiyat

Bugun 8 ta viloyatda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi

'Bugun 8 ta viloyatda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 7 mayda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda yomg`ir yog`ishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-28° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar