AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi ko`tarildi, sog`ayish kamaydi

'O`zbekistonda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi ko`tarildi, sog`ayish kamaydi'ning rasmi

 Koronavirusdan kasallanish holatlari ko`paygani sababli sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga tushdi, bir kunda 3 nafar bemor  vafot etdi, deya xabar qildi SSV Axborot xizmati. 

Xabarga ko`ra, 2021 yil 6 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93597 (+421) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-6 nafari Andijon viloyatida,

-7 nafari Buxoro viloyatida,

-6 nafari Jizzax viloyatida,

-3 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-4 nafari Navoiy viloyatida,

-5 nafari Namangan viloyatida,

-54 nafari Samarqand viloyatida,

-2 nafari Sirdaryo viloyatida,

-4 nafari Surxondaryo viloyatida,

-5 nafari Farg`ona viloyatida,

-3 nafari Xorazm viloyatida,

-77 nafari Toshkent viloyatida,

-239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

-Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar,

-Andijon viloyatida 28 nafar,

-Jizzax viloyatida 10 nafar,

-Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,

-Navoiy viloyatida 5 nafar,

-Namangan viloyatida 9 nafar,

-Samarqand viloyatida 44 nafar,

-Sirdaryo viloyatida 10 nafar,

-Farg`ona viloyatida 10 nafar,

-Xorazm viloyatida 18 nafar,

-Toshkent viloyatida 59 nafar,

-Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 89338 (+363) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3599 nafar bemor davolanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar