Rossiya Federasiyasining Tomsk shahrida Federal xizmat xodimi tomonidan O`zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatgani yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat qilingani xabar qilingan edi.
Ayni vaqtda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabariga ko`ra, Rossiya Federasiyasi Tergov qo`mitasining Tomsk viloyati Tergov organlari tomonidan RF JKning 286-moddasi 3-qismi "a" bandida ko`zda tutilgan (Kuch ishlatish yoki undan foydalanish tahdidi bilan mansab vakolatlarini oshirish) jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, polisiya xodimiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.






