AsosiyJamiyat

Hisob palatasiga qanday vakolatlar berilyapti?

'Hisob palatasiga qanday vakolatlar berilyapti?'ning rasmi

2021 yil 7 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda xalq vakillari “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o`qishda moddama-modda atroflicha ko`rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, qonun loyihasida Hisob palatasining asosiy vazifa, funksiya, huquq va vakolatlarini amalga oshirish hamda sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Loyiha bilan Hisob palatasiga mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to`lamasdan sudga murojaat qilish vakolati berilmoqda. Shuningdek, Hisob palatasi tekshiruvlar o`tkazish jarayonida unga kerakli hujjatlar, mutaxassislar ajratish majburiyati loyihada o`z aksini topmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi, byudjet mablag`laridan maqsadli, oqilona hamda samarali sarflanishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar