AsosiyJamiyat

Toshkentda 9 may kuni bayram tadbirlari o`tkazilishi munosabati bilan ayrim ko`chalar avtomobil harakati uchun yopiladi

'Toshkentda 9 may kuni bayram tadbirlari o`tkazilishi munosabati bilan ayrim ko`chalar avtomobil harakati uchun yopiladi'ning rasmi

Toshkentda 9 may — Xotira va qadrlash kuni bayram tadbirlari o`tkazilishi arafasida ayrim ko`chalarda avtomobil harakati cheklanadi.

Xususan, Uchtepa tumanidagi Shirin ko`chasida «Xotira—muqaddas, qadr—aziz!» shiori ostidagi bayram tadbirlari o`tkazilishi munosabati bilan 7 may kuni soat 15:00 dan 20:30 ga qadar Foziltepa ko`chasi va Shirin ko`chasi kesishmasidan, Katta Xirmontepa ko`chasi va Shirin ko`chasi kesishmasigacha transport vositalari qatnovi vaqtinchalik cheklanadi.

Sergeli tumani Mehrigiyo ko`chasida joylashgan avtoturargoh hududida «Xotira bor ekan — millat barhayot» shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali hamda «Sergeli yoshlarni sevadi» shou-konserti o`tkazilishi munosabati bilan 8 may kuni soat 12:00 dan 22:00 gacha Mehrigiyo ko`chasining Jahonaro ko`chasi kesishmasidan Mirzo Tursunzoda ko`chasi kesishmasigacha bo`lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Boshqa yangiliklar