AsosiyJamiyat

Toshkentda «ISUZU» rusumidagi avtobus ag`darilib ketdi. Bir qancha yo`lovchi jarohat oldi

'Toshkentda «ISUZU» rusumidagi avtobus ag`darilib ketdi. Bir qancha yo`lovchi jarohat oldi'ning rasmi

Bugun, 7 may kuni soat 11:15 atrofida, "12-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi, saroy raqami 287 bo`lgan, 130-sonli avtobus yo`nalishida harakatlanuvchi «ISUZU» rusumli avtobus Nilufar 3-tor ko`chasi bo`ylab Nilufar chorrahasi tomon boshqarib kelayotgan vaqtda, mazkur chorrahasida Matiz rusumli engil avtomobil avtobusni chap tomoniga kelib urilgan. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada avtobus muvozanatni yo`qotib ag`darilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu yo`l transport hodisasi «Matiz» haydovchisining yo`l harakati qoidalarini buzishi natijasida sodir bo`lgan. 

Mazkur yo`l-transport hodisasi oqibatida avtobusning to`rt nafar yo`lovchisiga tan jaroxati etgan va ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga etkazilib, tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi qatnashchilariga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar