AsosiyJamiyat

Buxoroda ta`magir bog`cha mudirasi qo`lga olindi

'Buxoroda ta`magir bog`cha mudirasi qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida korrupsion harakatni fosh etishdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, Buxoro shahar Fatxobod ko`chasida yashovchi, 1967 yilda tug`ilgan Buxoro shahridagi maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori R.S. ismli ayol xizmat mavqeidan foydalanganmoqchi bo`lgan. 

U 2 nafar fuqaroni rahbarligi ostidagi maktabgacha ta`lim tashkilotiga 0,25 shtat birligi asosida tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSh dollari berishni ta`magirlik qilib, o`z qizi orqali fuqaro M.R. dan kimyoviy ishlov berilgan pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan  qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan R.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar