AsosiyJamiyat

TATUning Nurafshon filiali tashkil etildi

'TATUning Nurafshon filiali tashkil etildi'ning rasmi

“Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, quyidagilar tashkil etildi:  

🔸 Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali;

🔸 Universitet Axborot-resurs markazida “Raqamli kutubxona”.

 Aholining barcha qatlamlarida raqamli ko`nikmalarni oshirish maqsadida dasturlash, robototexnika, “Buyumlar interneti”, sun`iy intellekt texnologiyalarini qo`llash va o`rganish Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.  

 Qaror bilan Universitet huzurida faoliyat yurituvchi, oliy ta`lim tizimi bilan integrasiyalashgan o`rta maxsus professional ta`lim bosqichida axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar (11 ta) tashkil etiladi.

 Filial va texnikumlar yuridik shaxs maqomiga ega Universitetning tarkibiy bo`linmalari hisoblanadi.

 Filial va texnikumlarda o`quv jarayoni 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qo`shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Filial hamda Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi binosini qurish uchun er maydoni Toshkent viloyatining Nurafshon shahri “Nurafshon business city” hududidan ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar