AsosiyJamiyat

Milliy palata tomonidan Evropa sifati talabiga javob beruvchi farmasevtika loyihasi muhokama etildi

'Milliy palata tomonidan Evropa sifati talabiga javob beruvchi farmasevtika loyihasi muhokama etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi va Fransiyaning «Boccard» kompaniyasi o`rtasida Evropa sifati talabiga javob beruvchi farmasevtika sohasi bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yish borasida muzokaralar olib borildi. 

«Health and Care» bo`linmasi bo`lim rahbari Erik Marselan ta`kidlaganidek, ushbu fransuz kompaniyasi farmasevtika bo`yicha 30 yillik faoliyat tajribasiga ega. Dunyoning 35 ta mamlakatida uning ofislari ochilgan.

Mazkur sohada, asosan suyuq farmasevtika mahsulotlari (ichiladigan va in`eksiya qilinadigan) ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Asosan biotexnologiya, ya`ni insulin va har xil vaksinalarni ishlab chiqarish yo`nalishi ajralib turadi. Shuningdek, qon plazmasini fraksiyalash etakchi yo`nalishlardan biri sanaladi. 

Milliy palata tomonidan Sog`liqni saqlashga va farmasevtikaga etakchi ishlanmalarnii joriy etish ushbu davlat tizimining muhim vazifalaridan biri sanalishi ta`kidlandi. Uni bajarish doirasida Milliy palata tomonidan o`zining yutuqlari bilan tanilgan chet el kompaniyalari faoliyati tahlil etilyapti. Shuningdek, ularning imkoniyatlari bilan mamlakatimizning daxldor tibbiyot tashkilotlarini tanishtirish tashkil etilyapti. 

Ushbu maqsadda Milliy palata tomonidan onlayn shaklda bo`lib o`tadigan muzokaralarda ishtirok etish uchun O`bekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika sohasini rivojlantirish agentligi vakillari taklif etilgan. 

Uchrashuv qatnashchilarida Fransiya kompaniyasining qon plazmasini fraksiyalash tajribasi qiziqish uyg`otdi. E. Marsel so`zlariga qaraganda, mazkur sohada etakchi sanalgan boshqa fransuz kompaniyasi — «LFB» bilan ushbu yo`nalish bo`yicha hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Hamkorlik loyihalarni amalga oshirish namunasi sifatida Braziliyada kelajak zavodini qurish tilga olindi. U erda albumin, immunoglobulin va boshqa dori vositalari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zavod yiliga 500 ming litr plazmani tayyorlash imkoniyatiga ega bo`ladi. 

O`zbekiston tomonidan mamlakatda Evropa talabiga javob beradigan farmasevtika mahsulotldarini ishlab chiqarishni joriy etish, shubhasiz, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatining oshishi, tibbiyot turizmining rivojlanishi, mamlakatimiz farmasevtika sohasining eksport salohiyatini kengaytirish bo`yicha amaliy qadam bo`lishi ta`kidlandi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkor loyihalar imkoniyatlarini batafsil ko`rib chiqish maqsadida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. 

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar