Iftorlik qilmasdan ro`zani ulab tutsam bo`ladimi?
- Bismillahir Rohmanir Rohim. Ro`zani ulab tutish shariatimizda makruhdir. Bundan murod ro`zani iftorsiz yoki saharlik qilmasdan bir necha kun tutaverishdir. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o`zlari shunday ro`za tutganlari bilan biz ummatlarini undan qaytarganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Sizlar mendek emassizlar. Meni kechasi Parvardigorim to`ydiradi, chanqog`imni qondiradi. Sizlar esa toqatingiz etadigan amallarni qilinglar”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim).
Saharlik qilishda baraka bor. Payg`ambarimiz ozgina suv bilan bo`lsada, saharlik qilishga buyurganlar. Abu Said Xudriy roziyallohuu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Saharlik barakadir. Bir qultum suv ichib bo`lsa ham, uni tark qilmanglar. Zero, Alloh va uning farishtalari saharlik qilguvchilarga salavot ayturlar” (Imom Ahmad rivoyati).
Manba: muslim.uz






