O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 8 mayda kunduz kuni O`zbekiston hududida havo o`zgarib turishi kutilmoqda, yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kam. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 28-33° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 28-30° bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20° bo`ladi.






