AsosiyJamiyat

Samarqanddagi ariqlardan birida binafsharang suv oqmoqda(video)

'Samarqanddagi ariqlardan birida binafsharang suv oqmoqda(video)'ning rasmi

  Joriy yiling 7 may kuni Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hodimlari tomonidan Samarqand shahri bo`ylab olib borilayotgan kuzatuv nazorati tadbirlarini o`tkazish chog`ida, shahar markazidan oqib o`tuvchi Chashma va Siyobcha kollektorlarining birlashish qismidan nomalum sabablarga ko`ra binafsha rangdagi tarkibida ifloslantiruvchi moddalar meʼyoridan ortiqcha bo`lgan oqova suvlar oqayotganligi kuzatildi.

“Zamon” informasion dasturi  Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati rahbariga bog`landi.

Uning aytishicha holat yuzasidan tezkor guruh tuzilib, sabab va oqibatlari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar