1

Farg`onada 4 nafar sudlanuvchi sud binosidan qochib ketdi

Jamiyat 08.05.2021, 11:14
Farg`onada 4 nafar sudlanuvchi sud binosidan qochib ketdi

Farg`onada o`g`rilik jinoyatida ayblanayotgan to`rt nafar shaxs sud binosidan qochib ketgan. Mazkur voqea jinoyat ishlari bo`yicha Toshloq tuman sudida yuz berdi.

2021 yil 5 may kuni soat 14:00 larda Jinoyat ishlari bo`yicha Toshloq tumani sudi binosiga olib kelingan to`rt nafar sudlanuvchilar 1988 yilda tug`ilgan A.P, 1991 yilda tug`ilgan A. F, 1992 yilda tug`ilgan Sh. Z. va 1989 yilda tug`ilgan U. T.lar vaqtinchalik ushlab turish xonasiga olib kirilgan. Sudlanuvchilar sud binosining orqa tomonidagi devordan oshib, qochib ketgan.

Ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ularning barchasi shu kunning o`zida ushlandi. Qo`riqlov ostidagi saqlash joyidan qochganligi uchun sudlanuvchilarga Jinoyat Kodeksining 222-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Manba: UzA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1