1

Turkiyada avtohalokatga uchragan O`zbekiston fuqarosi davlat yordamida Vatanga olib kelindi

Jamiyat 08.05.2021, 11:47
Turkiyada avtohalokatga uchragan O`zbekiston fuqarosi davlat yordamida Vatanga olib kelindi

Turkiyada to`rt oyga yaqin  vaqt davomida komada yotgan o`ttiz yoshli O`zbekiston fuqarosi Nozima Mirzaeva kecha onasi hamrohligida «Uzbekistan Airways» reysi bilan O`zbekistonga olib kelindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

2020 yil 15 avgust kuni Turkiyada sodir bo`lgan avtohalokatda jabrlanganlar orasida yurtdoshimiz ham bo`lgan. Avtohalokat natijasida u og`ir tan jarohati bilan Pendik Marmara tibbiyot tadqiqot markaziga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalar va operasiyalarga qaramay, Nozima Mirzaeva komaga tushib, noyabr oyida o`ziga kelgan. Shundan so`ng bemor Istanbulning Maltepe tumanidagi «Sureypasha» davlat shifoxonasiga ko`chirilgan. Ammo bemor to`liq tuzalmagani uchun uni o`rnidan qo`zg`atish imkonsiz bo`lgan.

N.Mirzaeva ahvoli yaxshilangach, O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, mamlakatimiz Tashqi ishlar va Transport vazirliklari hamkorligida yurtdoshimizni uning yonida bo`lib turgan onasi bilan birgalikda Vatanga qaytarish ishlari tashkil qilindi. Jumladan, COVID-19 uchun testdan o`tish va samolyot chiptalari bepul taqdim etildi.

Nozima Mirzaevaning onasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev va O`zbekiston hukumatiga ko`rsatilgan ko`mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. U davlatimizning mazkur yordami O`zbekiston xorijda o`z fuqarolarining huquq va manfaatlari himoyasini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin tasdig`i ekanini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1