1

⚡️Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o`rnatildi

Jamiyat 08.05.2021, 13:42
⚡️Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o`rnatildi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, tegishli tashlikotlar taklifini inobatga olgan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infeksiyaning yangi shtammlarini yurtimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish ko`rsatkichi yuqori bo`lgan ayrim davlatlar bilan o`zaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi:

 Istanbul shahridan Farg`ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar to`xtatish;

Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo`ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to`xtatish;

Toshkent-Istanbul yo`nalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab  paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1