1

⚡️Maxsus komissiya qarori: Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan fuqarolar karantinda bo`lishadi

Jamiyat 08.05.2021, 14:05
⚡️Maxsus komissiya qarori: Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan fuqarolar karantinda bo`lishadi

Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan fuqarolar uy yoki mehmonxona shiroitida karantinda bo`lishlari yuzasidan tilxat  to`ldirishadi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, Hindiston va Turkiyadan uchib kelayotgan har bir shaxs tomonidan mamlakatimizga kirib kelganidan so`ng karantinda bo`lishlari yuzasidan ogohlantirilganligi yuzasidan tilxat  to`ldiriladi. Bunda aeroportdan boradigan yashash manzili, telefon raqami va karantin talablarini buzganda qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanganligi to`g`risida ogohlantiriladi.

Shuningdek, kasallik kirib kelishi qamrovini aniq baholash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati taklifiga muvofiq, Hindiston yoki Turkiyadan O`zbekistonga kirib kelayotgan barcha shaxslardan koronavirus infeksiyasiga Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan PZR tekshiruvini o`tkazish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. Ulardan koronavirus infeksiyasiga PZR test namunasi aeroport kutib olish zalida olinadi va  belgilangan tartibda uy yoki mehmonxonada 14 kun davomida karantinda bo`lish uchun jo`natiladi.

PZR test tahlili 18 soat ichida musbat chiqqan taqdirda belgilangan tartibda davolash ishlarini tashkillashtiradi;

PZR test tahlili natijasi manfiy chiqqan taqdirda shaxs 14 kunlik karantinda bo`lishi davom ettiriladi.

 

O`zbekistonga havo yo`llari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar so`nggi 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko`rsatkichga ega deb topilgan ma`lumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1