1

Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat beriladi?

Jamiyat 08.05.2021, 16:11
Teglar: Respublika maxsus komissiyasi
Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat beriladi?

Tegishli tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra,  shu yilning 10 mayidan Hindiston va Turkiyaga faqatgina:

  • xizmat safariga boruvchi O`zbekiston  fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar,  
  • ️xorijda tahsil olayotgan talabalar,  
  • ️O`zbekistonda yashash huquqiga ega bo`lgan chet davlat fuqarolari,  
  • ️diplomatlar va ularning oila a`zolari,  
  • ️xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar,  
  • ️investisiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar,  
  • ️tranzit va transfer yo`lovchilar,  
  • ️xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga (tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda) aviachiptalarni sotish tizimi joriy etiladi.

Bunda Hindiston va Turkiyaga:

  • xizmat safariga boruvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga Respublika maxsus komissiyasining ruxsati bilan aviachiptalar sotiladi;
  • xorijda tahsil olayotgan talabalar, O`zbekistonda yashash xuquqiga ega bo`lgan chet davlat fuqarolari, diplomatlar va ularning oila a`zolari, xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, investisiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, tranzit  va transfer yo`lovchilar, xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borish maqsadida aviachipta xarid qilish uchun Respublika maxsus komissiyasining ruxsati talab etilmaydi.

Ularga aviachiptalar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan sotiladi, aeroportdan ro`yxatdan o`tishda aeroport xodimlari  nazorati amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1