«O`zgidromet» xizmati 9 may, yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16–18 daraja, kunduzi 24–26 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 12–17 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 23–28 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`dishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 23–28 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 30–35 daraja issiq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 20–30 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 27–32 daraja issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 15–20 daraja issiq bo`ladi.






