AsosiyJamiyat

Byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar xarajatlari to`g`risidagi ma`lumotlar OAVda e`lon qilinadi

'Byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar xarajatlari to`g`risidagi ma`lumotlar OAVda  e`lon qilinadi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berishicha, Agentlik, Moliya vazirligi, hamda  Hisob palatasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan «Byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma`lumotlarni joylashtirish tartibi to`g`risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga binoan barcha darajadagi byudjet mablag`lari taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamg`armalarini taqsimlovchilar hamda O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan rasmiy veb-saytlarda ma`lumotlarni joylashtirish tartibi belgilanmoqda.

Jumladan, nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

  • byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash maqsadida ochiq ma`lumotlarning mazmuni va joylashtirish muddatlari;

 

  • rasmiy veb-saytlarga joylashtirib boriladigan ma`lumotlarning shakllari;

 

  • byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash maqsadida ochiq ma`lumotlarni joylashtirish tartiblari  

 

Shu bilan birga quyidagi ma`lumotlarni joylashtirish majburiy qilib qo`yildi:

 

  • Davlat soliq qo`mitasi hamda Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan soliq va bojxona imtiyozlari ro`yxatini, shuningdek tadbirkorlik sub`ektlariga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori to`g`risidagi ma`lumotlarni;

 

  • davlat organlari tomonidan ularning byudjetdan tashqari jamg`armalarining daromadi va xarajatlari ham endilikda ushbu Nizom bilan tasdiqlangan tartib bo`yicha har chorak yakunlariga ko`ra o`zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borish.

 

Ushbu o`zgarishlar natijasidab davlat organlarining yudjetdan tashqari mablag`lari shakllanish yo`nalishlari va ushbu mablag`larni qanday maqsadlarda sarflanayotganligi bo`yicha ma`lumotlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda e`lon qilinishini ta`minlaydi.

Shu bilan birga Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarining xarajatlari ijrosi, byudjetdan tashqari mablag`lar tushumi, xarajatlari hamda davlat xaridlari yuzasidan ma`lumotlarni tizimlashtirilgan holda tuman (shahar)lar kesimida joylashtirib borishi;

davlat qarzining holati va o`zgarishi to`g`risidagi ma`lumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar "Ochiq byudjet" axborot portaliga joylashtirib borishi belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar