2018 yilgacha Evroittifoq migrasiyaga oid tanglik masalasini engish uchun 700 million evro ajratadi.
Faqat Afinaning o`zi 100 ming qochoq talabini qondirish uchun Bryusseldan 480 million so`ragan, huddi shuncha qochoq Gresiyaga mart ohirlariga kelishi kutilmoqda, deb yozadi Euronews. Grek-makedon chegarasida etti mingga yaqin qochoq turib qolgan. Ularning yashash sharoiti juda tang ahvolda.
Qochoqlar keyinchalik G`arbiy Evropaga o`tib olish uchun hozir Makedoniyaga kirishga ruxsat kutishmoqda. Biroq chegara nazoratini kuchaytirgandan so`ng bu erdan kuniga bor yo`g`i o`nga yaqin kishi o`tishga muvaffaq bo`lmoqda.
Grek-makedoniya chegarasida 22 mingga yaqin muhojir yig`ilgan.





