Joriy yilning 6 may kuni, soat taxminan 17:00 larda Namangan viloyati, Pop tumanida «Qamchiq» dovoniga chiqish yo`lining birida kuchli yomg`irdan so`ng sel kelib yuvib ketib, nosoz holatga kelib qolgani uchun yo`l berkitilgandi.
Namangan viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi tarkibiy tuman unitar korxonalari hamda yo`l bo`limlari tomonidan tezkorlik bilan 1 yarim kun davomida tunu kun ishlab A-373 Toshkent - Namangan avtomagistralidagi nosozlik bartaraf etilgan.






