AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kasallik tufayli majburiy so`yilgan, o`lgan hayvonlarning go`shti savdosi bilan shug`ullanuvchi olib sotarlar aniqlanmoqda

'Qashqadaryoda kasallik tufayli majburiy so`yilgan, o`lgan hayvonlarning go`shti savdosi bilan shug`ullanuvchi olib sotarlar aniqlanmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta`minlash bo`linmasi xodimlari hududiy hokimliklar, veterinariya xizmati va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda viloyat bozorlarida sifatli go`sht va go`sht mahsulotlari sotilishini nazorat qilish borasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Jumladan, bozorlar va viloyatlararo qatnovchi avtomashinalarda kasallik tufayli majburiy so`yilgan, o`lgan qishloq xo`jaligi hayvonlarining go`shti, kalla-pocha va boshqa mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi olib sotarlarni aniqlash va ularga nisbatan keskin choralar ko`rilishini bo`yicha dehqon bozorlarida 41, mol bozorlarida 30, va boshqa savdo majmualarida 23, aholi yashash joylarida 38 marotaba profilaktik reydlar hamda targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Xuddi shuningdek, viloyatdan Respublikamizning iste`mol bozorlariga sifatsiz va iste`molga yaroqsiz bo`lgan go`sht, sut, go`sht va sut mahsulotlari olib borib sotilishining oldini olish maqsadida, 3 ta viloyatlararo chegarada joylashgan YPX maskanlarida mutasaddi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar  o`tkazildi.

Viloyatdagi mavjud bozorlar, savdo ob`ektlarida joylashgan qassobxonalarda kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar bilan savdo qilinishida veterinariya, sanitariya qoidalari va me`yorlariga rioya etilishi bo`yicha tekshiruvlar va reydlar o`tkazilib, kamchiliklarga yo`l qo`ygan va yaroqsiz mahsulot sotgan 74 nafar fuqaroga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Jumladan, 2021 yil 7 aprel kun “Mingchinor” muntazam YPX maskanida Kitob tumanida yashovchi fuqaro Sh.B. boshqaruvida bo`lgan "Kiva bongo" rusumli yuk avtomashinasida 600 kg og`irlikdagi yirik shoxli mol go`shtini veterinariya ma`lumotnomalarisiz olib ketayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar