1

Saida Mirziyoeva dam olish kunini qanday o`tkazayotgani haqida gapirdi (foto)

Jamiyat 09.05.2021, 19:17
Teglar: Saida Mirziyoeva
Saida Mirziyoeva dam olish kunini qanday o`tkazayotgani haqida gapirdi (foto)

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta`minlash bo`yicha komissiyasi a`zosi, Prezident Shavkat Mirziyoevning to`ng`ich qizi Saida Mirziyoeva dam olish kuni nimalar bilan shug`ullangani haqida gapirdi.

"Yakshanba. An`anaga ko`ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri — kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar. Dadajonim boshchiligida butun oilamiz  dasturxon atrofiga to`planib,  oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar - no`xotni uzatib turadilar.

Tayyorlanish usuliga ko`ra kulchatoy kesma lag`monni eslatadi.

Kichkintoyim bizning  eng katta yordamchimiz, milklari bilan suyak chaynashga urinadi. Taom tezroq pishishini hammadan ko`proq shu kutsa kerak 

Dam olish kuningiz xayrli o`tsin, aziz do`stlar!",–deydi Saida Mirziyoeva.

Sharhlar

Ayollarni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur, qolgani keyin bo`ladi — Saida Mirziyoeva

24.01.2023, 11:29

Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zo`ravonlik to`g`risidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi o`tkaziladi. Bu haqda xabar qilgan rezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar...
"Bugun o`qituvchi — farrosh, uyma-uy yuruvchi, pul yig`uvchi, komissiya uchun ofisiant, maktab qorovuli..." Saida Mirziyoeva tez orada qabul qilinishi kutilayotgan yangi Qonun loyihasi haqida ma`lum qildi (video)

19.12.2022, 11:44

O`qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot...
Mehmonga oyijonim kelsalar uyimiz haqiqiy bayramga aylanib ketadi — Saida Mirziyoeva

22.10.2021, 09:33

Kuni kecha Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o`choqda ovqat pishirayotgani bilan bog`liq suratni ulashdi.U shu rasmga qoldirgan izohida o`zbek urf-odatlari haqida so`z yuritarkan, oila davrasida...
Saida Mirziyoeva birinchi ustozini esga oldi

01.10.2021, 16:16

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining birinchi ustozi haqida gapirdi: Mening birinchi Ustozim tug`ilishim bilanoq meni qo`llariga olganlar. Buvijonim, rus tili va adabiyoti...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1