AsosiyJamiyat

9 may bayrami! Urush lavhalari va Toshkent osmonini yoritgan mushakbozlik suratlarda

'9 may bayrami! Urush lavhalari va Toshkent osmonini yoritgan mushakbozlik suratlarda'ning rasmi

G`alaba bog`ida 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G`alabaning 76 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirlar kecha kechki payt ko`rgazmali urush lavhalariyu mushakbozlikka ulandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 
Badiiy-musiqiy kompozisiyada 1941 yildan tortib, Ikkinchi jahon urushining ko`plab davlatlar qatori o`zbek xalqi boshiga solgan dahshati, katta yo`qotishlari bilan bir qatorda o`zbek xalqi, xususan, dovyurak o`g`lonlarimiz jasorati, jafokashligi va qahramonligi aks ettirildi.
Xalqimizga xos bag`rikenglik, vafo va sadoqat xislatlari “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasida Zulfiya Zokirova timsolida gavdalantirildi.
Bog` markazidan o`rin olgan rangin favvoraning ikki yonidagi yirik ekranlarda 1945 yilda e`lon qilingan G`alaba sadosi, urush qatnashchilari kayfiyati harbiy orkestr jo`rligida sahnalashtirildi.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G`alabaning 76 yilligiga bag`ishlangan ushbu badiiy-musiqiy kompozisiya va jangovar texnikalar namoyishi yana 10 kun davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar