AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi emlanmaganlarning ishga chiqishi taqiqlandi

'Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi emlanmaganlarning ishga chiqishi taqiqlandi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni hukumati davlat va xususiy kompaniya xodimlarini koronavirusga qarshi emlanmagan bo`lsa ishga chiqishini taqiqlab qo`ydi.

"Koronavirusga qarshi vaksina olish davlat va xususiy hamda xayriya tashkilotlari xodimlarining ishga chiqish uchun zarur bo`lgan shart qilib belgilandi", — deyilgan rasmiy hujjatda. Vazirlik barcha xodimlarni vaksina olish uchun tayyorlanishga chaqirgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, hozirgacha aholisi 34 million bo`lgan Saudiya Arabistonida 10 million fuqaro emlab bo`lindi.

Pandemiya boshlangandan buyon podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 423,4 ming kishini tashkil etdi, 7 ming kishi koronavirus qurboni bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar