AsosiyJamiyat

Farg`onada "Nekciya-3" avtosalondan 6 kun kechiktirib, mijozga berilgani uchun qo`shimcha penya undirildi

'Farg`onada "Nekciya-3" avtosalondan 6 kun kechiktirib, mijozga berilgani uchun qo`shimcha penya undirildi'ning rasmi

 Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumanida yashovchi fuqaro B.Hakimov  2021 yil 1 mart kuni O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan mas`ul guruh tomonidan  o`rganish ishlari olib borilib, o`rganish davomida fuqaro 2021 yilning 16 yanvarida  «HAMKOR» firmasiga qarashli avtosalon bilan "Neksiya-3" rursumli avtoulov sotib olish maqsadida shartnoma imzolagani aniqlandi, deya xabar bermoqda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Axborot xizmati. 

Imzolangan shartnomaning 3.1 shartiga ko`ra iste`molchilarga 100 % pulini to`laganidan keyin 2021 yil 28 fevralga qadar belgilangan tartibda avtoulov etkazib berilishi lozimligi ko`rsatilgan bo`lib, fuqaro belgilangan (89 916 000 so`m) miqdordagi to`lovni 100 % amalga oshiradi, shunga qaramay avtoulov o`z vaqtida fuqaroga avtosalon tomonidan etkazib berilmaydi. Bu holatdan norozi iste`molchi 2021 yil 1 mart kunida yuqoridagi holat yuzasidan amaliy yordam so`rab shikoyat qiladi.  

O`rganish guruhi tomonidan shartnoma talablariga asosan shartnoma muddati qo`shimcha bir oylik muddatga uzaytirilgan taqdirda bu haqida iste`molchini ogohlantirilishi lozimligi lekin, mutasaddilar tomonidan iste`molchi ogohlantirilmaganligi sababli  avtosalon rahbari o`z xodimlarining yo`l qo`ygan xatolarini anglab etgan holda iste`molchiga tegishli bo`lgan "Nekciya-3" rusumidagi avtoulovni etkazib berdi. Shuningdek etkazib berishda kechiktirilgan 6 kunlik muddat uchun jami 539496 (besh yuz o`ttiz to`qqiz ming  to`rt yuz to`qson olti) so`m miqdorida penya puli iste`molchi hisobiga undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar