“Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bog`liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (293-son, 08.05.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi.
Tumanda qo`shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo`limi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.
2022 yil 1 dekabrgacha tumanning ma`muriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040 yilgacha bo`lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.