AsosiyJamiyat

Yurtimizda koronavirusdan davolanayotganlar soni oshmoqda. Toshkent birinchilikda

'Yurtimizda koronavirusdan davolanayotganlar soni oshmoqda. Toshkent birinchilikda'ning rasmi

2021 yil 9 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 94759 (+362) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 46 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 10 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 200 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Navoiy viloyatida 7 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 10 nafar,
  • Toshkent viloyatida 57 nafar,
  • Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 90292 (+239) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga tushdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3805 nafar bemor davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar