AsosiyJamiyat

Buxoroda paydo bo`lgan bezori yoshlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

'Buxoroda paydo bo`lgan bezori yoshlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan murojaat va unga ilova qilingan videolavhalar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganda aniqlanishicha,  mazkur holat joriy yilning 6 may kuni Buxoro shahar “Alpomish” va “Turdi Farog`iy” ko`chalarining kesishmasida sodir bo`lgan.

Holat yuzasidan kelib tushgan xabar Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-son ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismidagi Shakl 2 kitobiga 2021 yil 6 may kuni 511/2121 raqam bilan qayd qilingan bo`lib, jabrlanuvchilardan tegishli tartibda ariza va tushuntirish xatlari olingan holda, ularga etkazilgan tan jarohatlarining og`irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasidan o`tkazilgan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining nazorati ostida mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Surishtiruv natijalari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim qilinadi.

    Boshqa yangiliklar