SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullaeva javob berdi:
— Vaksinadan so`nggi nojo`ya ta`sirlar agarda 1-bosqich emlashda kuzatilgan bo`lsa, ya`ni ularda emlanishdan keyin uch kun ichida tana xaroratining 38° darajagacha ko`tarilishi, vaksina olgan joyda qizarish, salgina og`riq yoki bo`rtib turishlar, ba`zida engil 2-3 kunda o`tib ketuvchi shamollash alomatlari, mushaklarda yoki bo`g`imlarda 1-2 kunlik og`riqlar kuzatilgan bo`lsa, bu holatlar 2-bosqichdan keyin aynan shu odamlarda kuzatilishi ham, kuzatilmasligi ham mumkin.
Sababi, vaksinadan keyingi vaqtinchalik reaksiyalar inson organizmining individual moslashuvchanligidir.






