AsosiyJamiyat

Namanganda 628 196 754 so`mlik dori-darmonlar boshqa shaxslarga sotib yuborildi

'Namanganda 628 196 754 so`mlik dori-darmonlar boshqa shaxslarga sotib yuborildi'ning rasmi

Shu yil 21 aprel kuni, Namangan tumanida  yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil may oyida Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan tanishi Namangan shahrida firmadan arzon dori-darmon olib berishini aytib, unga 628.196.754 so`mlik dori-darmonlarni olish uchun ishonchnoma yozdirib olib, dori darmonlarni olib, boshqa shaxslarga sotib yuborganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar