Shavkat Mirziyoev bugun, 10 may kuni «Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida»gi PQ-5110-sonli qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko`ra, O`zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may — payshanba kuniga to`g`ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.
Shuningdek, Prezidentning 10 maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021 yil 14 may (juma) hamda 15 may (shanba) kunlari qo`shimcha dam olish kuni deb e`lon qilindi.
Bundan kelib chiqib, o`zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan bo`lishdi:
13 may, payshanba — Ramazon Hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni);
14 may, juma — qo`shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
15 may, shanba — qo`shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
16 may, yakshanba — umumiy dam olish kuni.






