AsosiyJamiyat

Antimonopoliya qo`mitasi tomonidan paxta yog`i narxining keskin oshishiga sabab bo`lgan 34 ta paxta-to`qimachilik klasterlariga nisbatan ish qo`zg`atildi

'Antimonopoliya qo`mitasi tomonidan paxta yog`i narxining keskin oshishiga sabab bo`lgan 34 ta paxta-to`qimachilik klasterlariga nisbatan ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan paxta yog`i narxlari keskin oshganligi yuzasidan o`rganish o`tkazildi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qarorining 2-bandiga muvofiq paxtadan olingan chigit paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan yog`-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytarish asosida sotilish belgillangan.

Tahlil natijalariga ko`ra, joriy yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40ta paxta-to`qimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qo`yilganligi hamda qo`yilayotgan texnik chigitning boshlang`ich narxlari aprel oyida o`rtacha 38 foizga ko`tarilganligi aniqlangan.

Avval xabar berganimizdek, o`simlik yog`i narxining oshishiga asosan kungaboqar urug`lari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bog`liq tashqi muhit ta`sir ko`rsatmoqda.

Ammo, ayrim paxta-to`qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishdi, bu esa o`z ta`sirini paxta yog`ining narxiga ham ko`rsatdi.

Bunda, birja savdolarida texnik chigitning boshlang`ich narxlarini kelishib sun`iy oshirish va raqobat to`g`risidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-to`qimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan  ish qo`zg`atildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar