AsosiyJamiyat

Chekka hududdagi maktabga uzoqdan kelib ishlamoqchi bo`lgan o`qituvchilarni rag`batlantirish tartibiga o`zgartirish kiritildi. Agarda o`qituvchida...

'Chekka hududdagi maktabga uzoqdan kelib ishlamoqchi bo`lgan o`qituvchilarni rag`batlantirish tartibiga o`zgartirish kiritildi. Agarda o`qituvchida...'ning rasmi

Prezident Farmoni bilan olis hududda joylashgan maktablarga boshqa hududdan kelib ishlamoqchi bo`lgan o`qituvchilarga belgilangan qo`shimcha rag`batlantirish imkoniyatlari endi 3 yildan ko`proq tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilar uchun ham qo`llaniladigan bo`ldi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Endilikda, uzoq hududga borib ishlaydigan pedagoglarga qo`shimcha imtiyozlardan xalq ta`limi tizimidagi barcha pedagog xodimlar foydalanish huquqiga ega.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 4940-son qaroriga muvofiq xalq ta`limi tizimidagi olis hududlarda joylashgan umumta`lim maktablariga boshqa hududdan kelib ishlovchi o`qituvchilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang`ich yordam puli va 2 baravari miqdorida uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensasiyasi to`lovlari bo`yicha imtiyozi taqdim etilib, ushbu imtiyozlardan faqatgina oliy ta`lim muassasani oxirgi 3 yil davomida tamomlagan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega ekanligi ko`rsatib o`tilgan edi. Bu esa joylarda ushbu qo`shimcha to`lovlarni ko`p yillik mehnat tajribasiga ega o`qituvchilarga berilishida qiyinchilik tug`dirayotgan edi.  

Bugungi kunda ushbu fidoyi o`qituvchilarni ham olis hududlardagi umumta`lim muassasalarida mehnat faoliyatini yo`lga qo`yish va ularning bilim-tajribasidan samarali foydalanish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 maydagi “Sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to`g`risida”gi 6221-son Farmoni imzolandi. Unga ko`ra, ushbu cheklovlar bekor qilinib, ko`proq stajga ega bo`lgan o`qituvchilarga ham imtiyozlardan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.

Bu esa o`z navbatida malakali va ko`p yillik ish tajribasiga ega bo`lgan xalq ta`limi mutaxassislari yoki o`qituvchilarini olis hududlarda joylashgan umumta`lim muassasalariga jalb qilish imkoniyatini oshirib, ushbu ta`lim muassasalarda ta`lim sifatini va pedagog kadrlar tarkibini yaxshilashga xizmat qiladi. Agar olis hududdagi maktab ta`lim sifati past maktablar ro`yxatiga ham kirgan bo`lsa, olis hududlar bo`yicha beriladigan qo`shimcha imtiyozlar, ta`lim sifati past bo`lgan maktablarga boshqa hududlardan kelib ishlayotgan o`qituvchilarning imtiyozlariga qo`shimcha ravishda beriladi.

    Boshqa yangiliklar