AsosiyJamiyat

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish tartibi belgilandi

'Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi to`g`risida nizomlar tasdiqlandi.

 Nizomga ko`ra, yosh tadbirkorlik sub`ekti 18 yoshga to`lgan va 30 yoshdan oshmagan hamda yuridik shaxs maqomida yoki ta`sischilari sifatida sanoat yoki xizmat ko`rsatish yo`nalishida investisiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan O`zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Yoshlar sanoat zonalari faqat muhandislik-texnik kommunikasiyalari mavjud bo`lgan yoki o`tkazish oson bo`lgan, faoliyat ko`rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er maydonlarida tashkil etiladi.  

Yoshlar sanoat zonalarida o`z investisiya loyihalarini joylashtirish istagida bo`lgan yosh tadbirkorliklar tegishli hujjatlarni tuman (shahar) investisiyalar va tashqi savdo bo`limlariga taqdim etadi.

Investisiya loyihalarini joylashtirish to`g`risida ishchi guruh  qarori hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida qabul qilinadi hamda bu haqda ijobiy yoki rad etish to`g`risida xulosa berilishi shart.

 Quyidagi talablarga javob beradigan investisiya loyihalari Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashtirishda ustuvorlikka ega bo`ladi:

● patent asosida ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishni ta`minlovchi startap - investisiya loyihalari;

● innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo`ljallangan investisiya loyihalari;

● import o`rnini bosadigan va eksportga yo`naltirilgan raqobatbardosh mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi investisiya loyihalari;

● yaratiladigan yangi ish o`rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo`ljallangan bo`lishi, bunda bandligi ta`minlanmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta`minlashni nazarda tutuvchi investisiya loyihalari.

 Investisiya loyihasini joylashtirish uchun er maydonlari chegaralarini belgilab berish Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tegishli tuman (shahar) bo`limlari tomonidan ishchi guruhlarning xulosalari asosida 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar