AsosiyJamiyat

“Mingo`rik” yodgorligi yonidagi qurilish ishlari tegishli tartibda ruxsat olinmasdan boshlangan

'“Mingo`rik” yodgorligi yonidagi qurilish ishlari tegishli tartibda ruxsat olinmasdan boshlangan'ning rasmi

Moddiy madaniy meros ob`ekti hisoblangan Mirobod tumani, Moshtabib ko`chasi, 31-uy manzili bo`yicha joylashgan “Mingo`rik” arxeologiya yodgorligi yonida boshlangan qurilish ishlari Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olingan edi.

Qo`mita tomonidan dastlabki olib borilgan o`rganishlar natijasida  “Mingo`rik” arxeologiya yodgorligining muhofaza hududida Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmasidan ruxsat olmasdan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Ma`naviyat va ma`rifat markazi” qurilish ishlari boshlab yuborilgani ma`lum bo`ldi. 2021 yil 4 mayda o`tkazilgan monitoring jarayonida ushbu qurilish ishlari to`xtatilmaganligi aniqlangan. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2021 yil
4 maydagi 240-sonli xat bilan Toshkent shahar Prokuraturasiga holat yuzasidan chora ko`rilishida amaliy yordam so`rab murojaat qilingan.

Joriy yilning 6-may kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasiga taqdim etilgan qurilish bilan bog`liq loyiha hujjatlari Madaniy meros departamenti huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan rad qilingan va  navbatdagi ilmiy kengashiga taqdim etish taklifi bildirilgan. Arxeolog mutaxassislar tomonidan qayta xulosalar olingan.

Mazkur masala Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan doimiy nazoratga  olingan.

    Boshqa yangiliklar