AsosiyJamiyat

Namanganda asal o`g`rilari qo`lga olindi

'Namanganda asal o`g`rilari qo`lga olindi'ning rasmi

6 may kuni, Chortoq tumanida 1994 yilda tug`ilgan fuqaro o`g`rilik yuzasidan  tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Arizada shu yil 15 fevral kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs, yashash uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, erto`lasida bo`lgan narxi 8.400.000 so`mlik 140 kg. asal mahsulotini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Chortoq tumani IIB JQB boshlig`i, JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan yigit sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo (17 kg. asal mahsuloti) olingan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar