AsosiyDunyo

Belarusda Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan o`zbek askarlari xotirlandi

'Belarusda Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan o`zbek askarlari xotirlandi'ning rasmi

Joriy yil 8 may kuni Belarus Respublikasi Mogilyov viloyatining Bixov shahrida Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan qahramon askarlar xotirasiga bag`ishlangan tadbir tashkil etildi.

Xotira tadbiri, xususan, o`zbekistonlik qahramon jangchi G`ulom Yoqubov xotirasiga bag`ishlandi.

Marosimda Bixov shahri markazida qahramonlar xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi tantanali ravishda ochildi.

Marosim shahar ma`muriyati, O`zbekiston, Qirg`iziston, Tojikiston va Rossiya diplomatiya vakolatxonalari hamda ushbu mamlakatlarning Belarusdagi diasporalari vakillari ishtirokida o`tkazildi. Unda 40 nafarga yaqin urush veterani va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

    Boshqa yangiliklar