2021 yil 10 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95072 (+313) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
8 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
11 nafari Jizzax viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
8 nafari Namangan viloyatida,
29 nafari Samarqand viloyatida,
5 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
14 nafari Farg`ona viloyatida,
4 nafari Xorazm viloyatida,
29 nafari Toshkent viloyatida,
187 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafar,
Buxoro viloyatida 4 nafar,
Jizzax viloyatida 16 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
Namangan viloyatida 5 nafar,
Samarqand viloyatida 129 nafar,
Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
Farg`ona viloyatida 21 nafar,
Xorazm viloyatida 7 nafar,
Toshkent viloyatida 57 nafar,
Toshkent shahrida 115 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 90664 (+372) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga tushdi.
️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 664 nafarni tashkil qildi.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3744 nafar bemor davolanmoqda.






