1

Prezident maktablariga qabul kunlari va kirish imtihoni tartibi ma`lum qilindi

Jamiyat 11.05.2021, 12:48
Prezident maktablariga qabul kunlari va kirish imtihoni tartibi ma`lum qilindi

AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Prezident maktablariga qabul jarayonlari va kirish imtihonlari to`g`risida ma`lumot berdi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida 16 maktab ta`lim jarayonini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod maktabi, 3 tasi ixtisoslashtirilgan maktab.

Joriy o`quv yilidan yana 10 ta yangi Prezident maktabi Buxoro, Farg`ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termez, Nurafshon shaharlarida ochilishiga tayyorgarlik ko`rilmoqda.  

Ma`lumot uchun: hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida Prezident maktablari faoliyat ko`rsatayotgan edi.

 Bu yil Prezident maktablariga qabul jarayoni 5 iyundan 25 iyunga qadar, ya`ni ro`yxatdan o`tish jarayoni bo`ladi. Kirish imtihonlari 2 bosqchidan iborat bo`lib, birinchi saralash bosqichi 20-25 iyulda, ikkinchi yakuniy imtihonlar 20-23 avgustda bo`lib o`tadi.  

️O`tgan o`quv yilida pandemiya sabab kirish imtihonlari bo`lmadi. Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9 sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul bo`ladi.  

Bu yil hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Talabgor platforma orqali  ota-onasi yordamida hujjatlarni to`ldirishi kerak bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1