1

Navoiyda yigit sevgilisi va uni xushtorini pichoqlab qo`ydi

Jamiyat 11.05.2021, 14:57
Navoiyda yigit sevgilisi va uni xushtorini pichoqlab qo`ydi

Xalqimizda “Yaxshi oshini yer, yomon boshini” degan naql bor. Qilmishining oqibatlarini bir zum o‘ylab o‘tirmay yo‘lidan adashdimi, chorasizlikka tushib qolishi aniq. Navoiy viloyatidan maxsus muxbirimiz Shiringul Asoyeva rashk sabab jinoyatga qo‘l urgan yigit haqida xabar bermoqda.

Xoyu havasga berilib, g‘ururini poymol qilgan karmanalik 25 yoshli X.D. Navoiy shahrida ijarada turgan, turmushidan ajralgan 1 nafar farzandi bor X.N. bilan tadbirkorlik faoliyati sabab tanishib, yaqindan munosabatda bo‘lib kelgan. O‘rtalaridagi kelishmovchilik sabab biroz vaqt ko‘rinmay ketgan X.N. endi boshqa-oilali xatirchilik tadbirkor A.J. bilan tanishib uchrasha boshlaydi.  

Kunlarning birida X.N.ning yangi tanishi A.J. bilan ko‘chada gaplashib turganini ko‘rgan X.D.ning fig‘oni falakka chiqadi. Aldov qurboniga aylangan X.D. achchiq alam va “rashk” tufayli uning uyiga borib X.N. va A.J.larning qorin sohasiga o‘tkir oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan  X.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1