1

So`nggi 12 yilda ilk bor Matematika fan olimpiadasining respublika bosqichida o`quvchi qiz g`oliblikni qo`lga kiritdi

Jamiyat 11.05.2021, 15:32
So`nggi 12 yilda ilk bor Matematika fan olimpiadasining respublika bosqichida o`quvchi qiz g`oliblikni qo`lga kiritdi

Matematika bo`yicha Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida ilk bor o`quvchi qiz Sevara Ostonova g`oliblikni qo`lga kiritdi.  Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Sevara 7-sinfdan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib keladi. 2017 yili Hindistonning Lakxnau shahrida bo`lib o`tgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etib, individual oltin jamoaviy kumush medal sohibi bo`ldi. 2018 yil Sevara Ozarbayjonning Baku shahrida matematika, kimyo, fizika fanlari bo`yicha o`tkazilgan olimpiadada kumush medali bilan taqdirlandi.  

So`nggi bor bundan 12 yil avval 2009 yilda Samarqandlik akademik lisey o`quvchisi Salimova Diyora matematika fan olimpiadasida 1-o`rinni qo`lga kiritgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1