1

Farg`onada sodir bo`lgan ayanchli YTHda ikki oiladan 6 kishi halok bo`ldi, yana 4 odam jonlantirish bo`limida

Jamiyat 11.05.2021, 15:52
Farg`onada sodir bo`lgan ayanchli YTHda ikki oiladan 6 kishi halok bo`ldi, yana 4 odam jonlantirish bo`limida

Bugun, 11 may kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida yo`l-transport hodisalari oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni kelishib olish yuzasidan tezkor yig`ilish o`tkazildi, deya xabar bermoqda Farg`ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Yig`ilishda kuni kecha viloyatning Yozyovon tumani hududidan o`tgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yo`lda sodir etilgan mudhish yo`l-transport hodisasi natijasida 6 nafar fuqaro – ikki oila vakillari vafot etganligi va 4 nafar fuqaro tuman shifoxonasining jonlashtirish bo`limida hayot uchun kurash olib borayotganligi ma`lum qilindi.

Shundan kelib chiqib vodiy viloyatlarini bog`lovchi A-373 yo`nalishidagi yo`l belgilari, beton to`siqlar, yo`l yoritgichlarini qayta ko`rib chiqish bo`yicha ishchi guruh tuzilib, vodiy viloyatlari to`liq o`rganib chiqilishi ta`kidlab o`tildi.  

Yig`ilishda mutasaddilarga katta yo`l qismlarini asfalt qilish bilan birga ichki yo`llar xususan, piyoda yo`lakchalari, velosipedchilarning harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilishi, bundan tashqari yo`llarni yotiq chiziqlar, nur qaytargichlar orqali yoritish masalasini ham ko`rib chiqish vazifasi yuklatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1